Jahon | 10:43 / 02.03.2016
2308
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Suriya hukumati butun mamlakat bo‘ylab bolalarning emlashdan o‘tkazishga ruxsat berdi

Suriya hukumati BMT xodimlari va ularning hamkorlariga butun mamlakat bo‘ylab bolalarni emlashdan o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda Suriyaning Xoms shahriga tashrif buyurgan YUNISEF direktori Entoni Leyk xabar berdi.

"Damashqdagi yuqori lavozimli shaxs bizga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa hamkorlar, jumladan, Suriya sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bolalarni turli xil kasalliklarga qarshi zudlik bilan emlash to‘g‘risida davlat dasturini ishga tushirishga ruxsat berdi", - dedi YUNISEF rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu dasturni amalga oshirish uchun “qamaldagi barcha hudadlarga kirishga izn berilishi” va ham hukumat, ham muxolifat tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Leykning ma'lum qilishicha, YUNISEF besh yil davomida qurolli nizolar bo‘layotgan hududdagi 10 mln nafardan ziyod kishiga tibbiy yordam ko‘rsatgan. Jabrdiydalarning orasida bolalar ham bo‘lgan.

"Biz ko‘plab bolalarga yordam ko‘rsatishimiz kerak, - deb ta'kidladi tashkilot rahbari. – 8 mln ga yaqin bola yordamga muhtoj: 6 mln nafari Suriyaning o‘zida, qolgan 2 mln nafari esa mamlakatning tashlab chiqishga majbur bo‘lgan bolalardir".