Iqtisodiyot | 15:59 / 02.03.2016
3343
1 daqiqa o‘qiladi

Deutsche Bank: Xitoydan 328 milliard dollar noqonuniy chiqib ketgan

Deutsche Bank analitiklarining tahliliga ko‘ra, 2015 yil avgust oyidan 2016 yanvar oyigacha bo‘lgan davrda Xitoydan 328 milliard dollar noqonuniy olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkin.

Import va eksport to‘g‘risida noaniq ma'lumotlar taqdim etish kapital nazoratidan qochishda kalit yo‘l hisoblanadi. Rasmiy bank statistikasiga ko‘ra, Xitoy 2015 yilda import qilgan mahsulotlari uchun 2,2 trillion dollar to‘lagan, biroq bojxonada 1,7 trillion dollar hajmidagi import qayd etilgan, xolos.

Xitoy bozori yuan kuchsizlanishini kutayotganda, bu tafovut oshib boradi”, - izohlashdi mutuxassislar, xabar beradi RNS.