Sport | 14:12 / 04.03.2016
3144
1 daqiqa o‘qiladi
Luis Enrike: «Hozirgi darajamizda bizni to‘xtatib qolish juda qiyin ish»
Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining 27 turida «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan uchrashuvdan (5:1) keyin o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Penalti tepish? Biz bu borada ko‘proq ishlashimiz kerak, biroq oldin ham aytganimdek bu kabi kichik masalalar meni unchalik xavotirga solmaydi.
Mavsumning eng yaxshi davri yaqinlashmoqda. Biz qanday muvaffaqiyatlarga erishishga qodirligimizni bilish uchun yana biroz kutishimiz kerak bo‘ladi. Bunday darajada o‘ynayotganimizda bizni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Enrike.