Sport | 10:41 / 04.03.2016
3392
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 11 sportchiga Olimpiadadan oldin fuqarolikni o‘zgartirishga ruxsat berdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan 2016 yilgi Yozgi olimpiada arafasida 11 nafar sportchiga yangi davlat fuqaroligini olishga ruxsat berish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda UNIAN xabar bergan.

Bu atletlarning 5 nafari ukrainaliklar bo‘lib, ular olimpiadada Turkiya, Latviya, Argentina hamda Rossiya (syorfingchi Maksim Oberemko va beshkurashchi Anna Buryak) nomidan ishtirok etishadi.

Bundan oldinroq, Rio olimpiadasida qochqinlardan iborat terma jamoa ham ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish