Jahon | 13:07 / 06.03.2016
3963
2 daqiqa o‘qiladi

Falastinlik juftlik to‘ylariga internet orqali pul yig‘moqda

Falastinlik Hakim Zegbur va uning suyuklisi Tannani to‘ylari uchun internet orqali hozirgacha 33 ming dirham (9 ming dollar) miqdorida mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu to‘yga nafaqat falastinliklar yordam qo‘lini cho‘zdi, balki, amerikaliklar, britaniyaliklar va iordaniyaliklar ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Muhandislik kasbi egasi Hakim va uning sevgilisi kompyuter mutaxassisi Tannani allaqachon 9 ming dollar (33 ming dirham) yig‘ganlari va to‘yni boshlash uchun ularga yana 9 ming dollar kerakligi aytilmoqda.

“Meni boshqalar nima deb o‘ylashlari qiziqtirmaydi. Mening boshqa choram yo‘q va men shunchaki orzuimdagi qizga uylanishni xohlayman, xolos”, - dedi Zegbur mahalliy matbuot bilan suhbatda.

G‘azoda 1,9 million odam istiqomat qiladi va u dunyoning aholi eng zich joylashgan hududlaridan biridir. Ishsizlik va nochorlikdan aziyat chekuvchilarning soni ham bu yerda ko‘pchilikni tashkil etadi.