Jahon | 12:12 / 12.03.2016
1828
1 daqiqa o‘qiladi

Ajman politsiyasi suv toshqini bo‘layotgan vodiydan odamlarni qutqardi

Ajman shahri politsiyasi BAAlik ikki fuqaro va 11 nafar osiyolik ishchilarni suv toshqini ro‘y berayotgan joydan qutqarib olishdi.

Ajman politsiyasi rahbari Shayx Sulton ibn Abdulloh Al Nuaymining so‘zlariga ko‘ra, politsiya Masfut vodiysida qattiq yog‘ingarchilikdan hosil bo‘lgan toshqindan insonlarni qutqarib olish uchun ulkan harakatlarni amalga oshirdi.

Bundan tashqari, politsiya mashinalarida qolib ketgan 16 nafar fuqaroni ham qutqarib olishdi. Kuchli shamol va yomg‘ir tufayli ikki fuqaroning mashinasini suv oqizib ketgan. Politsiyaning o‘z vaqtida yordam ko‘rsatgani tufayli ular omon qolishdi. Shuningdek, politsiya 11 nafar ishchilarni ham qutqarib olishgan.

Ajman politsiya rahbariyati, shahar ahlidan shu kunlarda vodiyda mashina xaydayotganda xavfsizlik choralarini amalga oshirgan holda boshqarishliklarini so‘rab murojaat qildi.