Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokudagi Starbucks qahvaxonasiga joylashtirilgan reklama xalqaro mojaroga sabab bo‘lishiga bir baxya qoldi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi Starbucks qahvaxonasiga «Kolumbiyaliklarning "Narino" qahvasini totib ko‘ring. P.S. Bu kokain emas» yozuvli reklama joylashtirildi. Bu viveska esa Kolumbiyaning sobiq prezidenti Andres Pastranning diqqatini o‘ziga tortdi. U Bokuga IV Global forumda ishtirok etish uchun tashrif buyurgandi. Bu haqda haqqin.az xabar yozgan.
Bu reklama sobiq prezidentning g‘azabini keltirgan. U qahvaxonada suratga tushgan va suratni tvitteriga joylashtirgan. Uning bu tviti kolumbiyaliklar o‘rtasida ham noroziliklarni keltirib chiqardi. Ular Starbucks tomonidan qilingan harakatni haqorat sifatida qabul qilishgan.
@Starbucks is a shame how your branch in Baku advertises our colombian coffee. cc @AndresPastrana_ pic.twitter.com/lEpgKsfE56
— Fernando Solórzano (@FndoSolorzano) 12 marta 2016 g.
Ko‘p o‘tmasdan Ozarbayjon elchixonasi va Starbucks rahbariyati buning uchun rasman uzr so‘ragan.