Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:22 / 17.03.2016
1019
1 daqiqa o‘qiladi
Iordaniyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida falastinlik 16 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi
Iordaniyaning Maan shahri yaqinida Makkaga haj ziyoratini amalga oshirish uchun yo‘l olgan falastinliklar avtobusi ag‘darilib ketdi. Natijada 16 kishi halok bo‘lgan va 34 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus ag‘darilgan. Unda jami 67 kishi bo‘lgan.
Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish