Jahon | 13:52 / 20.03.2016
1564
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya prezidentiga hamdardlik maktubini yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan Rostov-Dondagi “Boing-737-800” yo‘lovchi samolyotining halokati munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur maktubda mamlakatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etib, samimiy hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart, shanba kuni FlyDubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 layneri Rossiyaning Rostov-Don shahri aeroportiga qo‘nish vaqtida halokatga uchradi.

Hodisa oqibatida samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar (55 kishi) va ekipaj a'zolari (7 kishi) halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish