Nigeriya – Misr o‘yinida superanshlag sodir bo‘ldi
Gap shundaki, Afrika kubogi-2017 saralash bosqichi doirasida Nigeriya va Misr terma jamolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muxlislar stadionga sig‘may qolishdi.
Xo‘sh, muxlislarni milliy terma jamoa o‘yinlariga qanday qilib ko‘proq jalb etish mumkin? Nigeriyada bu masala yechimini topishgan ko‘rinadi. Juma kuni JCh-2018 saralash bosqichida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan o‘yinga 40 mingga yaqin tomoshabin tashrif buyurgan. Stadion sig‘imi 25 ming kishi ekanini hisobga oladigan bo‘lsak, bunga qanday erishilgan? Hammasi oddiy.
Kaduna shtati gubernatori Nasir al-Rufay o‘yin chiptalarining barchasini xarid qilib, stadionga kirish bepul deb e'lon qilgan xolos. 24 mart kuni milliy terma jamoa vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda gubernator futbolchilarni munosib muxlislik bilan ta'minlashga va'da bergan. Ammo, shunga qaramay, «Ahmad Bello» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 1-1 hisobida durang bilan yakunlandi.