Jahon | 07:32 / 30.03.2016
1595
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uyda Erdo‘g‘an va Obama uchrashuvi bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi

Oq uyda AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvi bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Avvalroq Erdo‘g‘an Vashingtonda 31 mart-1 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammit doirasida Barak Obama bilan uchrashishini aytgandi.

Bungacha The Wall Street Journal nashri Obama Erdo‘g‘an bilan yuzma-yuz uchrashuvdan voz kechganini ma'lum qilgandi.