Jahon | 15:08 / 05.04.2016
1523
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda dunyodagi eng uzun "tarzanka" ochilmoqda

Dunyodagi eng uzun "tarzanka" Ras al-Haym amirligidagi Jabal Jays qishlog‘ida ochiladi.

Ras al-Haym sayyohlik boshqarmasining ma'lum qilishicha, kanat yo‘lining uzunligi 2,6 kilometrni tashkil etadi. U aprel oyida ish boshlaydi. Amirlik shu kanat bahonasida barcha mintaqalardagi ekstremal-sayyohlar e'tiborini qaratishni rejalashtirgan.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, hozircha eng uzun "tarzanka" maqomi - JARning San-Siti shahridagi kanat attraksioniga tegishli, uning uzunligi 2 kilometr, "uchish" tezligi esa soatiga 120 kilometrni tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish