Jahon | 17:25 / 06.04.2016
2221
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda moliya vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Tatyana Saveleva Qozog‘iston moliya vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning tvitterdagi sahifasi orqali xabar berilgan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Saveleva bungacha vazirlik tarkibidagi byudjyetni rejalashtirish departamentida ishlagan.

1 fevral kuni Qozog‘iston Moliya vazirligida vazir o‘rinbosari Lena Karmazina o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish