Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston sharqidagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati hududida portlash yuz berishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan va 27 kishi jarohatlangan. Bu haqda Pajvak agentligi xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, terakt dushanba kuni Jalolobod shahrida amalga oshirilgan.
"Jaloloboddagi portlash tufayli o‘n ikki kishi halok bo‘lgan va 27 kishi jarohatlandi", deyiladi agentlikning tvitterida.
Hodisa tafsilotlari aniq aytilmagan.
Bugun, 11 aprel kuni Afg‘onistonda poytaxti Kobul shahrining Bagromiy ma'muriy dahasida tashkilot avtobusi portlatilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va ular mamlakat ta'lim vazirligi xodimlari ekanligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:48 / 19.09.2025
Kobulda O‘zbekiston ishtirokida savdo va logistika korxonasi tashkil etildi
19:02 / 22.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Kobulda «Tolibon» mudofaa vaziri bilan uchrashdi
16:13 / 24.03.2025
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi
17:22 / 01.10.2022