Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda O‘zbekiston ishtirokida savdo va logistika korxonasi tashkil etildi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Kobul shahrida Afg‘onistonning Khan Daqiq Trading kompaniyasi va Sogdiana Trans mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan birgalikda qo‘shma korxona tashkil etildi.
Khan Daqiq Trading kompaniyasi rahbari Hamid Xon qo‘shma korxonaning ochilish marosimidagi nutqida yiliga 150 ming tonna mahsulotni Kobul – Mozori-Sharif – Kobul yo‘nalishida yuk mashinalarda, Mozori-Sharifdan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Boltiqbo‘yi mamlakatlariga temiryo‘l orqali yetkazish va u yerdan import mahsulotlarini olib kelish imkoniyati borligini ma’lum qildi.
Sogdiana Trans kompaniyasi logistika va marketing bo‘limi boshlig‘i – qo‘shma korxona rahbari Aziz Abdullayev korxona mahsulotlarni Janubiy Osiyo mamlakatlaridan MDH va Boltiqbo‘yi davlatlariga yetkazish hamda u yerdan olib kelish uchun qulay logistika sharoitlarini yaratishini bildirdi.
Elchi Oybek Usmonov tashkil etilgan qo‘shma korxonaning O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transport, logistika, savdo, sanoat va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Diplomat mazkur loyiha ikki mamlakat tadbirkorlarning eksport/import faoliyati uchun qulayliklar yaratishiga, transport to‘lovlarini pasaytirishiga va savdo aylanmasini ko‘paytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026