Jahon | 22:23 / 19.04.2016
1614
1 daqiqa o‘qiladi
Eron yana bir marta ballistik raketalar sinovini o‘tkazdi
Eron 19 aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 14:33da navbatdagi ballistik raketalari uchirdi. Bu haqda harbiy manbalariga asoslangan holda «Kommersant'» xabar tarqatgan.
«Qurilma uchirilganini radiolokatsion aniqlash vositalari yordamida olingan ma'lumotlar tasdiqlab turibdi», — deya ta'kidlagan manbalar.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, raketalar uchirilishi Armavir hamda Orskdagi «Voronej-DM» va «Voronej-M» radiolokatsiya stansiyalari orqali payqalgan.
Qayd etilishicha, rossiyalik mutaxassislar ayni vaqtda raketalar turi hamda ularning xususiyatlarini o‘rganishga harakat qilishmoqda.