Jahon | 20:27 / 20.04.2016
1550
1 daqiqa o‘qiladi
Jon Kerri Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan uchrashuvdan keyin Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga yo‘l oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Kerri Misrdagi uchrashuvda mamlakat rahbariyati bilan ikki tomonlama aloqalar hamda Yaqin Sharqdagi inqiroz va terrorchilik guruhlari jangarilari bilan kurashish masalalarini muhokama qildi.
Kerri Saudiya Arabistonida AQSh prezidenti Barak Obamaga qo‘shiladi. Obama Ar-Riyodda Fors ko‘rfazi arab davlatlari kengashi sammitida ishtirok etadi.
Avvalroq Obama Saudiya Arabistoniga kelgani ma'lum qilingandi.