Jahon | 20:41 / 23.04.2016
1165
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi

Fransiyaning shimolidagi Erve okrugidagi Nonankur shahrida turar-joy binosida gaz chiqishi oqibatida yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda BFMTV.

Uyda yashaydigan 30 kishi evakuatsiya qilingan. Bir kishi hanuzgacha vayronalar ostida qolmoqda. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.

Voqea joyida 50 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish