Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovlaridan keyin bu mamlakatga borishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Gruziyaning sobiq prezidenti, hozirda Odessa viloyati gubernatori hisoblanadigan Maxail Saakashvili uning sobiq partiyasi Gruziyadagi parlament saylovlarida g‘olib chiqishiga ishonch bildirdi. Shundan so‘ng u mamlakatga tashrif buyurish niyatida. Bu haqda siyosatchi “Rustavi-2” telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Saakashvilining so‘zlariga ko‘ra, u Gruziyada biror mansabni egallashni ko‘zlamayapti va saylov g‘oliblariga islohotlarni davom ettirishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uning fikricha, ayni paytda Gruziyada asosan ikkita siyosiy sub'yekt – milliarder Ivanishvili va uning guruhi faoliyat yuritmoqda. Aynan ular o‘rtasida siyosiy kurash bo‘lib o‘tadi.
Shu o‘rinda siyosatchi Ukrainani butunlay tark etish rejasi yo‘qligini bildirdi.