Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:23 / 25.04.2016
1618
1 daqiqa o‘qiladi
«Vest Hem» yangi stadionidagi ilk uchrashuvni «Yuventus»ga qarshi o‘tkazadi
Londonda ta'mirdan chiqarilgan va bundan keyin «Vest Hem» jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan Olimpiya stadionidagi ilk uchrashuv «Yuventus»ga qarshi kechadi.
Ushbu uchrashuv Betway Cup tijoriy turniri doirasida 7 avgust kuni o‘tkaziladi.
Bundan oldinroq, «Vest Hem» 60 ming tomoshabin sig‘imi uchun mo‘ljallangan ushbu stadionni yiliga 2,5 mln funtdan to‘lash evaziga 99 yil muddatga ijaraga olgani ma'lum qilingandi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish