Jahon | 19:41 / 26.04.2016
1683
1 daqiqa o‘qiladi
Putin sudlarga foto va videomateriallarni dalil sifatida olish majburiyatini qo‘ydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlarga ma'muriy ishlarni ko‘rib chiqishda majburiy dalillar sifatida foto va videomateriallarni olish majburiyatini qo‘yuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Kreml saytidagi xabarda aytildi.
"Federal qonunga ko‘ra, foto- va kinos'yomka, audio va videoyozuvlar, axborot bazalari va ma'lumotlar bazalari hamda boshqa axborot tashuvchilar materiallariga ma'muriy qonunbuzarliklar bo‘yicha ishlarda ehtimoliy dalil emas, balki to‘laqonli dalil maqomi beriladi", deyilmoqda xabarda.
Avvalroq Davlat dumasi uchinchi o‘qishda ma'muriy qonunbuzarliklar haqidagi Kodeksga sudlarga fotosurat va videoyozuvlarni majburiy dalil sifatida qabul qilish majburiyatini qo‘yuvchi tuzatishlarni qabul qilgandi.