Jamiyat | 12:19 / 26.04.2016
1386
1 daqiqa o‘qiladi

Samara yaqinidagi trassada O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Rossiyaning Samara viloyati hududidan o‘tgan M-32 federal trassasida avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat FH xizmati xabariga asoslanib, Sputnik xabar tarqatgan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, ushbu falokat natijasida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi jarohatlangan.

“Polyakov aholi punkidan 2 km janubda, M-32 Federal avtomobil yo‘lining 171 kilometrida Chimkentdan Krasnodarga kelayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu YTH natijasida uch kishi jarohatlandi. Ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda deb baholanmoqda”, — deya ma'lumot bergan manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobusda 60 kishi bo‘lgan va ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari hisoblanishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish