Jamiyat | 21:22 / 27.04.2016
1479
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: noma'lum kimsa Liviyada 16 misrlikni otib tashladi

Liviyada noma'lum kimsa 16 misrlikni otib tashladi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia.

"Bani-Volid shahrida Misr fuqarolariga qurolli hujum qilinishi oqibatida 16 misrlik o‘ldirildi, yana bir necha kishi yaralandi", deb aytilmoqda xabarda.

Bani-Volid shahri Liviyaning poytaxti Tripolidan 160 km uzoqlikda, janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan. Voqea tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish