O‘zbekiston | 15:56 / 30.04.2016
3155
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2016 yilning 25—29 aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasiga oid yakuniy hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha ikki tomonlama reja asosida tashkil etildi.
Muzokaralar an'anaviy konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.