Jamiyat | 22:06 / 02.05.2016
33458
1 daqiqa o‘qiladi

Bolakay nikoh marosimi vaqtidagi topshiriqni "antiqa tarzda bajardi"

Ijtimoiy tarmoqlarda kichik bolakay tasvirlangan quvnoq video paydo bo‘ldi.

Voqea to‘y marosimida sodir bo‘lgan. Chamasi 1,5-2 yoshlardagi bolakayga mas'uliyatli vazifa topshirilgan – chiroyli yostiqchadagi nikoh uzuklarini mehrobga eltib berish.  

Avvaliga barchasi rejadagidek ketadi, bolakay sekin-asta, biroq o‘ziga ishongan holda mehrob tomon olg‘a qadam tashlay boshlaydi. Birdaniga jajji bolakayning harakati o‘zgarib, yugurib ketadi va nikoh uzugi joylangan yostiqchani kelinning oyoqlariga otib yuboradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid