Sport | 19:16 / 03.05.2016
9340
2 daqiqa o‘qiladi

2018 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari iste'foga chiqdi

2018 yilda Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita raisi Cho Yang Xo iste'foga chiqishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda «Yonxap» agentligi.
Xabarlarga qaraganda, Cho Yang Xo Hanjin Group kompaniyasi bilan bog‘liq moliyaviy muammolar tufayli Olimpiya tashkiliy qo‘mitasida egallab turgan lavozimidan ketishga ahd qilgan. U Hanjin Group direktorlar kengashining raisi ham hisoblanadi. Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vazirligi vakili uning arizasi qanoatlantirilganini ma'lum qildi. 
«Tashkiliy qo‘mitaning barcha a'zosi Pxenchxanda qishki Olimpiadani munosib o‘tkazish uchun o‘z hissasini qo‘shdi. Men qishki Olimpiada o‘yinlarini Janubiy Koreyada o‘tkazishga katta qiziqish bildirgan Koreya xalqi va mamlakat hukumatiga minnatdorchilik izhor qilmoqchiman», — deya bayonot bergan Cho Yang Xo.
U Pxenchxan Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasiga 2014 yil iyulidan beri rahbarlik qilib kelgan.
2018 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari 2018 yil 9-25 fevral kunlarida Pxenchxanda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid