Jahon | 00:16 / 03.05.2016
11736
1 daqiqa o‘qiladi
Marsning yuqori sifatli aylanma manzarasi taqdim etildi
AQShning parvoz va koinot tadqiqotlari milliy agentligi (NASA) Curiosity roboti kameralari tomonidan olingan Marsning ajoyib aylanma manzarasini taqdim qildi.
Ma'lum qilinishicha, marsoxod bu suratni Eolid tog‘i hududidagi Naukluft yassi tog‘ligiga chiqqanda olgan. Marsoxod bunda ba'zi xatarlarga duch keldi, chunki u o‘tkir harsang toshlar ustidan o‘tishiga to‘g‘ri keldi, bu esa uning alyuminiy g‘ildiraklariga shikast yetkazishi mumkin edi.
Darvoqe, Curiosity g‘ildiraklarida shikastlar borligi 2013 yildayoq sezila boshlagan. Shuning uchun NASA mutaxassislari robotning faol qo‘llanishi muddatini iloji boricha uzaytirish uchun istalgan yo‘nalishni puxta rejalashtirishlariga to‘g‘ri keladi.