Sport | 09:19 / 05.05.2016
4131
2 daqiqa o‘qiladi

Pellegrini: «Bugun «Real» «Siti»dan kuchliroq ekanini isbotladi deb o‘ylamayman»

 «Manchester Siti» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini YeChL yarimfinalida «Real» ga qarshi javob uchrashuvidan so‘ng (0:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz afsusdamiz, chunki mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Gol bo‘lgan vaziyatda raqibga omad kulib boqdi. Bu juda ko‘p vaziyatlar sodir qilgan ikki teng kuchli jamoaning bahsi edi. O‘ylaymanki, ikki jamoa ham finalga chiqishga haqli edi.

Har ikki o‘yin ham teng bo‘ldi, ularda hujum emas, himoya ko‘proq ko‘zga tashlandi.

Bugun bizga Silva va Nasri yetishmadi, Ture esa endigina jarohatidan tuzalib qaytgan.

Biz o‘z g‘oyalarimizni amalga oshira olmadik, raqib bunga yo‘l qo‘ymadi. Durang haqqoniy natija bo‘lar edi.  «Real» ning shunchaki omadi keldi.

Albatta, finalga chiqa olmadingmi, demak, imkoniyatni boy berganing shu. Bizga kuchli raqib duch keldi, ammo uni bizdan kuchliroq deya olmayman. Bizga omad yetishmadi. Biz harakat qildik, ammo o‘xshamadi. «Real» bu o‘yinlarda  «Manchester Siti»dan kuchliroq ekanini ko‘rsatdi deya olmayman.

Bu alohida ahamiyatga ega mavsum bo‘ldi, axir biz ilk marta yarimfinalgacha yetib keldik, bu jamoa uchun juda muhim edi. Jamoa keyingi mavsumda ham YeChLda ishtirok etishga harakat qiladi. Bu jamoa hali finalda o‘ynashi kerak.

Bu mavsum finalida favorit yo‘q. «Atletiko» hozir juda kuchli o‘yinlar namoyish qilmoqda, «Real»da esa juda ko‘p saviyali futbolchilar yig‘ilishgan», – deydi Pellegrini.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid