Jahon | 19:09 / 06.05.2016
4878
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyevning "Nur Otan" partiyasidagi o‘rinbosari Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

Qozog‘iston prezidenti Nursultotn Nazarboyev "Nur Otan" partiyasidagi o‘rinbosari Askar Mirzaxmetovni mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbar etib tayinlagan. Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"Mirzaxmetov Askar Isabekovich Qozog‘iston respublikasining Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlansin", deyilgan prezident farmonida.

Mirzaxmetov 2015 yilning avgustidan buyon "Nur Otan" partiyasida Nazarboyevning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda edi.

U yangi vazifasida Asiljan Mamitbekovni almashtirgan. Mamitbekov 5 may kuni prezident ishtirokida Yer kodeksi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin prezident tomonidan tanqid qilib iste'fo bergandi. Shu kuni Qozog‘iston Iqtisodiyot vaziri  Yerbolat Dosayev ham iste'foga chiqqandi.

Mirzaxmetov qishloq xo‘jaligi va iqtisodiy sohada katta tajribaga ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi hisoblanadi.

Mavzuga oid