Obama 58 nafar giyohvandfurushni afv etdi
AQSh prezidenti Barak Obama axloq-tuzatish muassasalarida giyohvandfurushlik uchun jazo o‘tayotgan 58 nafar mahbusni afv qilishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mahbuslardan ba'zilari umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan bo‘lgan. Obama 1990-yillardan beri jazo o‘tayotgan va nisbatan yaqinda qamalgan jinoyatchilarni ozod qilishga qaror qildi. Shunday mahbuslar orasida keyinroq sotish maqsadida 5 kg kokain sotib olmoqchi bo‘lgan Kori Govard ham bor.
Obama ko‘pchilik hollarda zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lmagan narkojinoyatlar uchun uzoq muddat qamoqda ushlab turishdan ma'no yo‘qligini aytdi. Oq uyda afv etilganlarning ko‘pchiligi 2016 yil 2 sentabrda ozodlikka chiqadi.
2014 yilda Obama eskirgan qonunlar asosida katta muddatlarga mahkum qilingan jinoyatchilarni ozod qilishni taklif qilgandi. Obama oxirgi 2 yil ichida 90 ga yaqin jinoyatchini afv etgan.