O‘zbekiston | 15:36 / 06.05.2016
87124
9 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar

Yoz faslining kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Ko‘pchilik yozgi ta'tilga chiqadi, yana kimlardir issiqdan qochib, boshqa mamlakatlarga sayohat uchun jo‘nab ketadi. Biroq ba'zida ayrim davlatlarga borish uchun viza talab qilinadi. Hujjatlar tayyorlash, viza tayyor bo‘lishini kutish va doimiy yugur-yugurlar insonni holdan toydiradi.

Biroq ayrim mamlakatlar O‘zbekiston uchun vizasiz rejimni joriy qilgan bo‘lib, siz bu davlatlarga belgilangan muddat ichida borib kelish imkoniga egasiz. Vot.uz nashri viza talab qilmaydigan davlatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Ular bilan tanishing: 

Rossiya
Uchish vaqti: 4 soat 10 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
•  Tashrif maqsadi so‘ralishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Belarus respublikasi
Uchish vaqti: 5 soat 15 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
•  Tashrif haqidagi arizani to‘ldirish so‘ralishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Qozog‘iston
Uchish vaqti: 1 soat 30 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Ozarbayjon
Uchish vaqti: 2 soat 55 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Moldoviya
Uchish vaqti: 8 soat 30 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.


Tashrifdan so‘ng viza bosiladi

Laos
Qayerda: Janubi-Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 5 soat 18 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish chiptasi;
— yashash uchun band qilingan mehmonxona;
Vizaning narxi 30 dollarni tashkil etishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Makao
Qayerda:  Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 7 soat, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish (avia, avtobus, kema) chiptasi, yoki uchinchi mamlakatga olingan chipta;
— yashash uchun band qilingan mehmonxonani tasdiqlovchi hujjat ( odatda, mehmonxona saytidan ko‘chirib olingan qog‘oz nusxasi ham yetadi);
Vizaning narxi 13 dollarni tashkil etishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Tailand
Qayerda: Janubi-Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 5 soat 34 daqiqa, (Toshkent-Bangkok)
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish (avia, avtobus, kema) chiptasi, yoki uchinchi mamlakatga olingan chipta;
— yashash uchun bron qilingan mehmonxonani tasdiqlovchi hujjat;
— 2ta rangli fotosurat;
Vizaning narxi 13 dollarni tashkil etishi mumkin.
•  Tailandga kirib kelish bilanoq so‘rovnoma va bojxona deklaratsiyasi to‘ldiriladi 
•  Viza olish 35 dollarni tashkil qiladi
•  Bangkok aeroportining Migratsion xizmati tashrif buyurgan sayyohlardan pul yoki bank kartalarini ko‘rsatishni so‘rashi mumkin. Sayyohlarning yonidagi eng kam mablag‘ 500 dollar bo‘lishi talab etiladi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 15 kun.

Malayziya
Qayerda: Osiyo
Uchish vaqti: 7 soat 35 daqiqa, (Toshkent- Kuala-Lampur)
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Maldiv orollari
Qayerda: Janubiy Osiyo
Uchish vaqti: 5 soat 22 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
— mamlakatda bir kun yashash uchun 50-100 dollar qiymatida pul mablag‘i;
— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan sayohat qilinganda ularni ota-ona pasportiga yopishtirilgan surat bilan yozib qo‘yish;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Kamboja
Qayerda: Janubi-Sharqiy Osiyo
Uchish vaqti: 6 soat 7 daqiqa
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— pasport formatidagi bitta fotosurat;
Vizaning narxi 20 dollarni tashkil etishi mumkin.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Dominikan Respublikasi
Qayerda: Shimoliy Amerika, Gaiti oroli
Uchish vaqti: taxminan 17 soat
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— sayyohlik vaucheri;
— barcha kerakli sahifalar tushirilgan pasport nusxasi;
— 3*4 formatidagi ikkita surat va to‘ldirilgan so‘rovnoma;
— bankdagi hisobda eng kamida 1000 dollar qayd etilgan hujjat ko‘chirmasi;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 21 kun.

Barbados
Qayerda: Shimoliy Amerika
Uchish vaqti: 26 soat 7 daqiqa, yo‘lda ikkita almshinuv parvozi bilan
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— sayyohlik vaucheri;
— barcha kerakli sahifa tushirilgan pasport nusxasi;
— qaytish chiptasi;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 28 kun.

Ekvador
Qayerda: Janubiy Amerika
Uchish vaqti: 22 soat 15 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
Bolalar uchun vaksinatsiya o‘tkazish tavsiya etilgan.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 90 kun.

Kuka oroli
Qayerda: Okeaniya
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— sayyohlik vaucheri;
— barcha kerakli sahifa tushirilgan pasport nusxasi;
— pul mablag‘lari borligini tasdiqlovchi hujjat (kuniga 70 yangi zellandiya dollari)
— band qilingan mehmonxonani tasdiqlovchi hujjat;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Palau
Qayerda: Okeaniya
Uchish vaqti: 9 soat 13 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— pul mablag‘i (haftasiga 200 dollar);
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Turkiya
Qayerda: Janubi-Sharqiy Osiyo/ Janubi-Sharqiy Yevropa
Uchish vaqti: 5 soat 25 daqiqa (Toshkent-Istanbul)
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
— pul mablag‘i (haftasiga 200 dollar);
— sayyohlik vaucheri;
—  qaytish chiptasi;
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Madagaskar
Qayerda: Afrika
Uchish vaqti: 8 soat 17 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
— OVIR stikeri;
—  qaytish chiptasi;
Viza narxi taxminan 7 dollarni tashkil etadi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 yoki 90 kun.

Seyshel orollari
Qayerda: Afrika
Uchish vaqti: 6 soat 43 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda.
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
—  qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan sayohat qilinganda ularni ota-ona pasportiga yopishtirilgan surat bilan yozib qo‘yish;
Viza narxi taxminan 7 dollarni tashkil etadi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Mozambik
Qayerda: Afrika
Uchish vaqti: 6 soat 43 daqiqa, almashinuv parvozlarini hisobga olmagan holda.
Yoningizda bo‘lishi shart:
— O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
—OVIR stikeri;
—  qaytish chiptasi;
— sayyohlik vaucheri;
— pasportda vizani tushirish uchun bita ochiq sahifa bo‘lishi kerak;
Viza narxi taxminan 70 dollarni tashkil etadi. Vizani olish vaqtida ikala qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlari skaner qilinadi.
Mamlakatda qolishning maksimal muddati — tashrif vaqtidan boshlab 30 kun.

Mavzuga oid