Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yong‘inlarda 6 bola halok bo‘ldi
Meksikaning Sonora shtatida sodir bo‘lgan ikki yong‘in oqibatida 6 nafar yosh bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘inlardan biri Ermosilo shahrida yuz bergan. Yong‘in oqibatida 4 yoshli qiz va 2 yoshli o‘g‘il bola is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi.
Yana bitta yong‘in Magdalena-de-Kino aholi punktida sodir bo‘lgan. Bu noxush hodisa oqibatida 7, 6, 3 yoshli o‘g‘il bolalar va bir yoshli qizcha halok bo‘lgan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, bu yong‘inda barcha bolalar o‘limga olib kelgan jarohatlar olganlar.
Prokuratura yong‘inlar sabablarini o‘rnatmoqda.