Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya klubi ukrainalik futbolchini o‘yinni sotishda aybladi
Rossiyaning «Kuban» futbol klubi ukrainalik hujumchi Yevgeniy Seleznyovni Rossiya chempionatining «Mordoviya»ga qarshi uchrashuvini sotishda ayblab chiqdi. «Sovetskiy sport» nashri bergan xabarga ko‘ra, aynan mana shu uchrashuvdan keyin futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Manbaning yozishicha, «Mordoviya»ga qarshi uchrashuvdan keyin Seleznyov klub rahbariyati vakillaridan biri o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Suhbat davomida u hujumchini o‘yinni sotganlikda ayblagan.
Seleznyov shartnomani bekor qilgan holda jamoani tark etishni istamoqda. Hozircha bu borada ikkala tomon ham hech qanday izoh berib o‘tgani yo‘q.
«Kuban»ning ukrainalik futbolchisi muxlislarga o‘zini «osib o‘ldiraqolish»ni taklif qildi