Rossiyaning «Kuban» jamoasining ukrainalik hujumçisi Yevgeniy Seleznyov krasnodarlik muxlislarga «baland ohanglar»da murojaat qildi. Bu haqda «Çempionat.com» naşri «Naş futbol» kanalining «8-16» telekörsatuviga asoslanib xabar tarqatgan.

Bu voqea içki çempionatning 27-turida «Kuban»ning «Mordoviya»ga qarşi öz maydonida mağlub bölişidan keyin yuz bergan. Uşbu öyin 7 may kuni Krasnodarda ötkazilgan va saranskliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.

«Men kelganimga bir oydan oşdi. Sizlarga nima deya olişim mumkin? Istalgan gapingizni aytişingiz mumkin, istalgan gapingizni eşitişga tayyorman. Istasangiz — meni osib qöying, istasangiz — meni öldiring», — degan Seleznyov.

Ukrainalik hujumçi «Kuban» safiga 25 fevral kuni Dnepropetrovskning «Dnepr» jamoasidan kelib qöşilgan. Kelişuvning moliyaviy şartlari oşkor qilinmagan.

U jamoasi safida 9ta öyin ötkazib, 3ta gol urgan. U Ukraina terma jamoasi safida 46 uçraşuvda maydonga tuşib, 11ta gol urgan.

«Kuban» 27 turdan keyin 20 oçko işlagan holda turnir jadvalining eng quyi qismida joylaşgan. 3 may kuni jamoada boş murabbiy özgardi, Sergey Taşuyev örniga Igor Osinkin tayinlandi.