Jahon | 12:28 / 13.05.2016
4427
1 daqiqa o‘qiladi

Kurd jangarilariga qarshi amaliyot o‘tkazayotgan Turkiya vertolyoti halokatga uchradi

Turkiya Harbiy havo kuchlari tarkibidagi Kobra rusumli vertolyoti mamlakat janubi-sharqida qulab tushgan. Bu haqda Turkiya bosh shtabiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, halokat natijasida uchuvchilarning ikkisi ham halok bo‘lgan.

Bu hodisa Xakkari viloyati hududida ro‘y bergani aytilgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu vertolyot Chuqurcha tumani hududida kurd jangarilariga qarshi aksilterror amaliyot ishtirokchisi edi. Uning qulab tushishi texnik nosozlik tufayli ro‘y bergani aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish