Light | 18:09 / 14.05.2016
31263
6 daqiqa o‘qiladi

Bolalarni band kilishning 25 usuli

 

E'tiboringizga bolalarni band qilishning noodatiy va shu bilan birga oddiy usullarini havola etamiz. 

1. Yopishqoq lentadan mashinalar uchun yo‘l yasang.

2. Rangli bo‘rlar o‘rniga izolentadan foydalanish mumkin. 

"Klassika" o‘yini yoki yana bir boshqa o‘yin uchun  chizma "chizib bering".

3. Idish uchun bir necha gubka va rangli bo‘rlar - darts bo‘yicha uyushtirilgan turnirga kerakli narsalar.

4. Turfa xil qirqilgan kiyimlar kiydiriladigan qog‘oz qo‘g‘irchoqlar yodingizdami?

Siz kiyinish o‘yinini amalga oshirishingiz mumkin.

5. Bo‘yoqlar solingan tselofan paketlar uyingiz yonidagi ko‘chalarni haqiqiy san'at asariga aylantiradi.

Rangli pufakchalarni yasash uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

⦁  Zip-lock tselofan paketlari
⦁  makkajo‘xori kraxmali
⦁  iste'mol bo‘yog‘i yoki akvarel
⦁  sirka (uksus)
⦁  soda
⦁  qog‘oz sochiqchalar yoki salfetkalar

Kraxmal, sirka va bo‘yoqni aralashtirib, paketlarga 1/3 nisbatda joylashtiring. Keyin salfetkaning o‘rtasiga soda seping va undan pufakchalar yasang. Paketga pufakchalarni joylashtiring va uni mahkamlab yoping. So‘ngra uning ichidagi massani yaxshilab aralashtirib tashlang. Paket shishishni boshlaydi va bir necha daqiqa o‘tib ko‘chalarni rang-barang bo‘yoqlar bilan bezovchi " rangli portlash" sodir bo‘ladi.

6. Suyuq yelimda iste'mol bo‘yog‘i bilan chizsa, qiziq va rang-barang rasmlar paydo bo‘ladi.

"Polotno" sifatida smetana yoki pishloqning plastik qopqoqlaridan foydalansa bo‘ladi. 

7. Bolani ijodga yaqinlashtirishning yana bir usulini amalga oshirish uchun paqillaydigan paketchalar, bo‘yoqlar va vatmanlar kerak bo‘ladi (eski gulqog‘oz bo‘laklari ham bo‘ladi).

8. To‘p o‘yini uchun brezentni o‘z qo‘lingiz bilan yasang.

Sizga brezent, arqon, qaychi, marker va skotch kerak bo‘ladi.

9. Qirqilgan gubkalardan minora yasang.

Bu mashg‘ulot shovqin ko‘tarayotgan bolani vaqtinchalik tinchlantiradi. 

10. Folga va suvli shishalardan daryo yasang.

11. Qog‘oz sochiq gilzasini devorga mahkamlang.

12. Agar sizda keraksiz qop bo‘lsa, undan tikish uchun "polotno" sifatida foydalaning.

Bu mashg‘ulot mayda motorikaning rivoji uchun foydali bo‘ladi. 

13. Bolaligingizda qumda cho‘p bilan chizganingiz yodingizdami? Ana shu mashg‘ulotni uy sharoitida amalga oshirish uchun shakar to‘ldirilgan quti va qalamdan foydalaning.

Harflarni katta shaklda chop etib, bolaga ularni chizishni taklif qilish mumkin.

14. Palatkali shaharcha barpo eting hamda "gulxan" yoqishni unutmang.

15. Reaktiv pufak yasang.

Sizga quyidagilar kerak bo‘ladi: 

⦁  arqon yoki leska (2 metr atrofida)
⦁  pufak
⦁  2ta stul
⦁  kokteyl uchun somoncha
⦁  skotch
⦁  qaychi

Ikkita stul o‘rtasidan arqon torting, uni oldindan somonchadan o‘tkazing. Pufakni shishiring (lekin bog‘lamang) va skotch bilan somonchani mahkamlang. Pufakni qo‘yib yuboramiz...va raketani uchiramiz!   

16. Qo‘l ostingizdagi buyumlar yordamida bouling bo‘yicha turnir tashkillashtiring.

17. Mustahkam mahkamlangan arqon bolalaringiz o‘zlarini superqahramon deb his etishlari uchun yordam beradi. 

18. Sovunni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va farzandingizga sovunli bulut sovg‘a qiling.

19. Bir marotabali likopchalar, cho‘plar va pufak yordamida tennis bo‘yicha musobaqa uyushtiring.  

 

Eng asosiysi, bunday to‘p bilan qimmatbaho idishlarni sindirish xavfi tug‘ilmaydi.

20. Yopishqoq lenta yordamida "o‘rgimchak to‘ri"ni yasang.

Eski gazetalarni dumaloqlab, ulardan snaryad sifatida foydalaning.

21. Agar xonadoningizda imkon bo‘lsa, zinani "uchadigan tepalik"ka aylantiring.

22. Sovun ko‘pigidan kamalak ilon yasang.

Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi: 
⦁  plastik shisha
⦁  paypoq
⦁  yopishqoq lenta
⦁  iste'mol bo‘yoqlari
⦁  idish yuvish vositasi

Plastik shishaning pastki qismini kesib, hosil bo‘lgan ochiq joyga paypoq kiydiring. Paypoqni yopishqoq lenta yordamida mustahkamlang. Paypoqqa iste'mol bo‘yog‘i tomizing. Idish yuvish vositasini ozgina suv bilan aralashtiring. Paypoqni hosil bo‘lgan aralshmaga botiring va kamalak pufakchalar chiqarishni boshlang.

23. Sovun ko‘piklari bilan yana bir o‘yin.

Ulkan sovun ko‘piklari yasash uchun sizga sovun aralashmasi va obruch yoki ikkita arqonli cho‘p kabi "pufak chiqaradigan qurilma" kerak bo‘ladi.
24. Pufaklarni unga to‘ldirib, kapitoshka o‘yinchoqchalar yasang.

 25. Farzandingizga o‘z libosining dizayneri bo‘lishga ijozat bering.