Jamiyat | 20:19 / 18.05.2016
3671
1 daqiqa o‘qiladi

JSST Yevropada Zika virusi tarqalishini bashorat qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) joriy yozda Yevropada Zika virusi tarqalishini kutayotganini, biroq odamlar uchun xavf "kam yoki o‘rtamiyona" deb baholanayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Sky News.

JSST virus katta ehtimol bilan sariq bezgak chivini yashaydigan joylarda tarqalishini ma'lum qildi. Asosan, bu chivin tropik davlatlarda tarqalgan. 

Ma'lum qilinishicha, virusning Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Bolgariya, Xorvatiya, Fransiya, Germaniya, Gruziya, Gretsiya, Isroil, Italiya, Malta, Monako, Chernogoriya, Ruminiya, San-Marino, Sloveniya, Ispaniya, Shveytsariya, Turkiya va Vatikanda "o‘rtamiyona" tarqalishi xavfi mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish