Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hiddink maslahatchi sifatida «Chelsi»da qoladi
«Chelsi» bosh murabbiyi Guus Hiddink yangi mavsumda ham jamoada qoladi va maslahatchi sifatida ish olib boradi.
«Texnik maslahatchi - quloqqa boshqacha eshitiladi, ammo men darhaqiqat «Chelsi»da maslahatchi sifatida qolaman.
Bu ishga klubning sobiq futbolchilarini jalb etmoqchiman. O‘tgan haftada Drogba va Chex bilan gaplashib oldim. Bu yigitlar darhaqiqat «Chelsi»ning afsonalari va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishgan.
«Chelsi» – ko‘p yillik jamoa, lekin jamoa keyingi 15 yilda, shu futbolchilar davrida kuchaydi.
Bu odamlar hamisha «Chelsi»ga yaxshi bo‘lishini istashadi va ular faoliyatini yakunlagach ham jamoaga ko‘p yordam berishi mumkin», - deydi Hiddink.