Jamiyat | 18:26 / 23.05.2016
4742
1 daqiqa o‘qiladi

Megadeath guruhining sobiq barabanchisi sahnada jon berdi

Megadeath rok-guruhining sobiq barabanchisi 51 yoshli Nik Mentsa 22 may kuni, sahnada vafot etdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Musiqachining menejyeri Rob Boljyerning aytishicha, u Los-Anjyelesdagi klublardan biri Baked Potato klubida, OHM guruhi bilan chiqish qilish vaqtida jon bergan. U sahnada hushini yo‘qotib yiqilgan va qaytib turmagan.

Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilgan.

Mentsaning biografi va do‘sti Jyey Marshall Kreygning hikoya qilishicha, "Nikning hali rejalari ko‘p edi". U MenzaLife avtobiografiyasi ustida ish olib borayotgan, bu asar iyun oyida chiqishi kutilayotgandi.

Mentsa ilk marta Megadeth guruhi bilan 1988 yili Angliyaning Bredford shahrida chiqish qilgan. 1989 yili u guruhning uchinchi barabanchisiga aylangan va Rust in Peace, Youthanasia, Cryptic Writings va Countdown To Extinction albomlarida ishlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish