Jahon | 18:22 / 25.05.2016
7296
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko butun dunyoni g‘alaba bilan tabrikladi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Nadejda Savchenkoning asirlikdan qaytib kelishi munosabati bilan o‘zining feysbukdagi sahifasida butun dunyoni g‘alaba bilan tabrikladi.

"Bizning Nadejdamiz Ukraina zaminida. Men uni qaytishi bilan shaxsan muborakbod etayotganimdan xursandman!!! Ukrainani va butun dunyoni bizning g‘alabamiz bilan tabriklayman! Xudoga shukrki, bu safar barchasi amalga oshdi. <...> Bu g‘alabada menga yordam ko‘rsatgan barchaga rahmat. 709 kun davom etgan asirlik yakuniga yetdi", deya yozgan Poroshenko.

Bundan oldinroq, Nadejda Savchenko Borispol aeroportiga qo‘ngani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish