Jahon | 15:29 / 26.05.2016
6797
2 daqiqa o‘qiladi

G7 yetakchilari RFga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni muhokama etishdi

NHK telekanalining xabariga ko‘ra, G7 (Katta yettilik) davlat va hukumat rahbarlari Yaponiyaning Ise Sime shahridagi sammitning birinchi kunida, kun tartibidagi iqtisodiy mavzularni muhokama qilishgan. 

Anjumanning asosiy mavzulari orasida, jahon iqtisodiyotidagi muammolar, sarmoyaviy siyosat, savdo, qochqinlar inqirozi, iqlim o‘zgarishlari, energetika, terrorizmga qarshi kurash va xalqaro siyosatga oid masalalar o‘rin olgan. Jahon yetakchilari, tashqi siyosatga oid jiddiy muammolar, jumladan, Yaqin Sharq, Ukraina va KXDRdagi vaziyatni ham e'tibordan chetda qoldirishmaydi. 

Bundan tashqari, "yettilik" guruhi rahbarlari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni Minsk kelishuvi ijrosiga bog‘lashni ham ko‘rib chiqish niyatidalar. Rossiyaga nisbatan jazo choralari 2016 yil iyul oyi oxirida poyoniga yetadi. 

Umuman, ikki kunlik sammit doirasida, beshta amaliy sessiya bo‘lib o‘tadi, anjuman 27 may, juma kuni Qo‘shma deklaratsiya qabul qilish bilan poyoniga yetadi.