O‘zbekistonda namunaviy qurilish uchun zavodlar tarmog‘i yaratilmoqda
O‘zbekistonda qishloq joylarda namunaviy uylarni qurish uchun zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi zavodlar maxsus tarmog‘i yaratilmoqda, deb ma'lum qilindi Sputnik nashriga "Qishloq qurilish bank"da.
Bugungi kunda O‘zbekistonda umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 300 mln ta g‘ishtni tashkil qiluvchi 12 ta g‘isht zavodi, 1,7 mln kvadrat metr metall cherepitsa ishlab chiqaruvchi korxona hamda 400 kvadrat metr yog‘ochni qayta ishlovchi zavod yaratilgan.
"Bu ishlab chiqarish ob'ktlarining asosiy vazifasi – turar joy binolari qurilishini sifatli va asosiysi kerakli qurilish materiallari bilan uzluksiz ta'minlashdir. Namunaviy qurilish ma'lum o‘lchamlar va ishlatilayotgan qurilish materiallarining o‘ziga xosligini nazarda tutadi, shuning uchun bozorda har doim ham kerakli mahsulotni topib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, o‘z ishlab chiqarish bazasini yaratish materiallar narxi va demak, iste'molchi uchun oxirgi mahsulotning narxini ham ancha kamaytirishga imkon beradi", deb ta'kidlab o‘tdi manba.
Bugungi kunga kelib zavodlar 78 mln ta g‘isht, 10,5 mln kvadrat metr metall cherepitsa, 5 mingdan ko‘proq eshik va oyna romlarini ishlab chiqardi. Kelajakda O‘zbekistonning turli hududlarida bir qator shunday ishlab chiqarish korxonalari ochish rejalashtirilmoqda.
Suhbatdoshning aytishicha, namunaviy uylar uchun qurilish materiallari tannarxini kamaytirish uchun bank soha korxonalarini modernizatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha boshqa dasturni ham amalga oshirmoqda. Xususan, oxirgi yillarda zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 540 dan ko‘proq korxona 322,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari olgan.
Hammasi bo‘lib 2009 yildan boshlab "Qishloq qurilish bank" 46391 ta shaxsiy turar joy uyi qurilishini moliyalashtirish uchun 5,39 trln so‘m yo‘naltirgan.