Jahon | 10:55 / 03.06.2016
4232
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq hukumati: 1 haftadan keyin Al-Falluja IShIDniki bo‘lmaydi

Iroq hukumati vakili Basam al-Husaynining ma'lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari Al-Fallujani IShIDdan to‘la ozod qilish uchun ko‘pi bilan yana bir hafta sarflashadi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar tarqatgan.

"Umid qilamanki, biz 3-4 kun ichida, ko‘pi bilan 1 haftada Al-Fallujani ozod etamiz. Bu aniq", deydi al-Husayni.

Uning aniqlik kiritishicha, shaharni ozod qilish operatsiyasi Iroq hukumatining shahardagi tinch aholi vakillari orasida yo‘qotishlar kamroq bo‘lishini ta'minlash istagi tufayli sekinlashmoqda. Uning fikricha, Al-Fallujani ozod etish orqali IShIDning Iroqdagi kuchlari harakati to‘siladi.

Bundan oodinroq, Iroq hukumati Al-Fallujani ozod etish amaliyotlarini shahar aholisi xavfsizligiga katta tahdid borligi tufayli to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish