Jahon | 22:43 / 08.06.2016
6658
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Isroilga Suriyada qo‘lga olingan tankni topshirdi

Rossiya Isroilga 1982 yilda birinchi Livan urushi davomida Suriya qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan M48 "Magax-3" tankini qaytarib berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Bu men va butun Isroil fuqarolari uchun juda muhim lahza bo‘ldi. Biz diplomatik munosabatlarimiz yangilanganining 25 yilligini nishonlamoqdamiz", deb izoh berdi bu vaziyatga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

Netanyaxu, shuningdek, Isroil Ikkinchi jahon urushida Qizil armiya natsistlarga qarshi kurashda o‘ynagan rolini yodda saqlashi va hurmat qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish