Jahon | 14:46 / 13.06.2016
4093
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Myanmadagi suv toshqinlari 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

9 iyundan Myanma davlatida yomg‘ir mavsumi kuchli yomg‘irlar yog‘ishi bilan boshlandi. Buning oqibatida, mamlakatning ko‘plab tumanlarida suv toshqinlari yuz bergan. 

3 kun ichida toshqinlardan 12 kishi halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda “Sinxua” agentligi.

Ekspertlarning fikricha, 2016 yil tabiiy ofatdan yetkazilgan iqtisodiy zarar va talofat o‘tgan yilgidan ko‘proq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish