Jahon | 01:38 / 17.06.2016
7003
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq politsiyasi: IShID jangarilari Al-Fallujadan qochmoqda

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroqning Al-Fallujadan shahridan Iroq kuchlarining hujumi ostida ommaviy ravishda qochmoqda, deb ma'lum qildi Iroq federal politsiyasi boshlig‘i Raid Shokir Javdat. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

"IShID jangarilari Al-Fallujadan g‘arbga tomon ommaviy ravishda qochmoqda", deb aytdi Javdat.

Javdatning aytishicha, ayni vaqtda hukumat qo‘shinlari shaharning markazidagi ma'muriy binolarga tomon 4 yo‘nalishda harakat qilmoqda. Javdatning ta'kidlashicha, yaqin orada shaharning IShIDdan to‘liq ozod etilganini qayd qilish mumkin bo‘ladi.

12 iyunda Javdat xavfsizlik kuchlari shaharni 2-3 kun ichida shturm qilishni boshlashlari kerakligini aytgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish