Nazarboyev: “Iqtisodiyot siyosiy qarama-qarshilikka bog‘liq bo‘lishi kerak emas”
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ma'ruza qilar ekan, global iqtisodiyot siyosatdagi turli qarashlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, degan fikrni ilgari surdi.
«Hozirda barcha muammolarda integratsiya va globalizatsiyani ayblash tendensiyasi kuzatilmoqda. Hammayoqda devorlar qurishga oid chaqiriqlar yangramoqda. Ammo global iqtisodiyotga integratsiya ko‘plik qilmayapti, balki yetishmayapti», — deb qayd etgan Nazarboyev.
Uning fikricha, iqtisodiy jihatdan qamalib olish, hech bir muammoni hal etmaydi, balki uni mushkullashtiradi.
«Iqtisodiyot siyosat qurboni bo‘lishi kerak emas, ammo barchamiz sanksiyalar misolida buning aksini ko‘rib turibmiz», — deb ta'kidlagan Qozog‘iston rahbari.
Bundan avvalroq, Nazarboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va YeI o‘rtasida qo‘shma forum o‘tkazish taklifini ilgari surgandi.