Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:44 / 19.06.2016
5079
1 daqiqa o‘qiladi
Kareliyadagi ko‘lda bo‘ron vaqtida yo‘qolib qolganlarning 36 nafari qutqarildi
Kareliya Respublikasi FVV rahbari o‘lka hududidagi Syamozero ko‘lida qayiqlari bilan bo‘ronga duch kelib, yo‘qolib qolgan sayyohlardan 36 nafari qutqarilgani haqida ma'lum qildi.
"36 kishi qutqarildi. Ulardan 25 nafari orolda, 11 nafari Kudoma posyolkasida", deyilgan RIA Novosti xabarida.
U yana 4 kishining taqdiri noma'lumligicha qolayotganini aytgan.
Bundan oldinroq, yo‘qolib qolgan 49 kishidan 11 bola mingan qayiq ag‘darilib ketgach, ularning barchasi halok bo‘lgani haqida xabar qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish