Jahon | 06:57 / 01.07.2016
12816
1 daqiqa o‘qiladi

Bahrayn poytaxti yaqinida portlash yuz berdi

1 iyulga o‘tar kechasi Bahrayn poytaxti Manama yaqinida portlash yuz berdi. Oqibatda bir ayol halok bo‘ldi, uch bola jarohat oldi. Qurbonlar va jabrlanganlar haqidagi ma'lumot aniqlashtirilmoqda.

Mamlakat hukumati bo‘lib o‘tgan voqeani terakt deya baholadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘lga yashirib qo‘yilgan portlovchi qurilma harakatga kelgan. Aynan shu portlovchi qurilmaga ayol mashinasi tushib qolgan.

"Terakt Bahrayn fuqarosining o‘limiga va uch bolaning jarohatlanishiga olib keldi. Ayolning avtomobili yo‘lida Al-Aqar ash-Sharqiyda portlash yuz bergan", deb ma'lum qildi qirollik ichki ishlar vazirligi.    

Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov boshladi. Ta'kidlash joizki, ikki kun avval Bahrayn Istanbuldagi terakt munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirgandi.