Jahon | 16:12 / 04.07.2016
6068
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Rossiyaga Injirlik aviabazasidan foydalanishga ruxsat berishi mumkin
Turkiya o‘z hududidagi Injirlik aviabazasida Rossiya samolyotlari IShIDga qarshi amaliyotlar uchun foydalanishiga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda Haberler xabar tarqatdi.
Turkiya TIV rahbari Mavlyud Chovusho‘g‘lining aytishicha, Anqara IShIDga qarshi kurash olib boruvchi barcha bilan hamkorlik qilishga tayyor. U baza aynan shu maqsadda tashkil etilgani va Rossiya bilan bu borada hamkorlik qilinishiga to‘siq yo‘qligini ta'kidlagan.
Chovusho‘g‘li bu borada Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muhokama o‘tkazilishini qo‘shimcha qilgan.
Bundan avvalroq, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Germaniya Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyenga Injirlikdan foydalanish uchun ruxsat berilganini ma'lum qilgandi.